Konsultatsiya

Ushbu xizmat to'g'ri qaror qabul qilishingiz uchun professional yo'l-yo'riq beradi. Yuzma-yuz konsultatsiya davomida Fonon mutaxassislari qimmatbaho toshlarning xususiyatlari, ularni qayerdan va qanday ko'rinishda xarid qilish ma'qul ekanligi, sifatini qanday baholash, shuningdek dizayn va estetik uyg'unlik bo'yicha tavsiyalarni batafsil tushuntiradi. Xizmat xarid jarayonini ongli va ishonchli qilishga qaratilgan.

Zargarlik buyumlarini ta'mirlash

Fonon'da zargarlik buyumlarini ta'mirlash va parvarishlash professional darajada amalga oshiriladi. Jarayonda toshlarni qayta mahkamlash, o'lchamini to'g'rilash, shaklini tiklash va buyumning umumiy holatini uning sifati va estetik ko'rinishini saqlagan holda yaxshilash ishlari bajariladi. Xizmat faqat Fonon mijozlari uchun mavjud va bepul taqdim etiladi. Ta'mir jarayonida qo'shimcha materiallar talab etilsa, faqat ishlatilgan materiallar qiymati to'lanadi.

Dizaynni shaxsiylashtirish

Ushbu xizmat tanlagan dizayningizni hayotga tatbiq etish imkonini beradi. O'zingiz uchun yoki yaqin insoningizga atalgan, sizning xohishlaringizga moslashtirilgan taqinchoq buyurtma qilishingiz mumkin. Biz sizning istak va ehtiyojlaringizni inobatga olib, individual yondashuv va eng maqbul yechimlarni taklif qilamiz. Natijada taqinchoq shaxsiy ma'no kasb etib, haqiqatan ham noyob bo'ladi.

Floreast Collection

FLOREAST — FONON zargarlik uyining alohida kolleksiyasi, Markaziy Osiyo va Sharqning boy estetik merosidan ilhomlangan. Bu zaminlarda poklik asrlar davomida nafaqat tashqi musaffolik, balki axloq, mehnat va ichki osoyishtalik ma’nosini anglatgan. Ushbu falsafaning eng nozik timsollaridan biri esa har doim paxta bo‘lib kelgan.

Play Icon

Kuningizni yorqinlik bilan to'ldiring

Fonon bilan har bir lahza yanada porloq bo'ladi. Bizning taqinchoqlarimiz shunchaki aksessuar emas — bu nafislik timsoli. Siz yorqin bo'lishingiz uchun yaratilgan har bir buyum o'zingizni noyob, ravshan va alohida his etishingizni ta'minlaydi.

Galeriya

Ko'rsatish uchun mahsulot yo'q

Eng ko'p beriladigan savollar

Fonon brendining har bir filialida keng assortiment mavjud, menejerlar sizga mos buyumni tanlashda yordam berishadi.

Yo‘q, shourumlar har kuni tanaffussiz ishlaydi. Siz istalgan paytda tashrif buyurishingiz mumkin.

Ha, bizda Fonon zavodida ishlab chiqarilgan buyumlar uchun ta’mirlash va tozalash xizmati mavjud (faqat Toshkentda). Tozalash Fonon mijozlari uchun bepul.

Fononning barcha rasmiy shourumlarida narxlar bir xil belgilangan.

Yangiliklarimizga obuna bo‘ling